Ma’lumki, 2020 yil 29 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va xalqimizga yo‘llagan murojaatnomasida mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir strategik maqsadlar qamrab olingan bo‘lib, uzoq muddatli ustuvor vazifalar ta’kidlab o‘tildi.
Murojaatnomaning asl mazmun-mohiyatini «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tizimi rahbar va xodimlariga to‘liq yetkazish yetkazish maqsadida o‘quv-seminari tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiyani instituti dekani Umarov Jamshid Hasanovich tomonidan Davlatimiz rahbarining ushbu Murojaatnomasida ko‘zda tutilgan ustuvor vazifalar, ularni ijro etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq dasturlar va chora-tadbirlar to‘g‘risida uyushma tizimi xodimlariga sermazmun taqdimot o‘tkazildi.
Murojaatnomada bayon etilgan sanoat, qishloq xo‘jaligi, kapital qurilish, transport-kommunikatsiya, bank-moliya, sud-huquq tizimi, tashqi siyosat, investitsiya, ta’lim, sport, servis va xizmat ko‘rsatish, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sohalarida erishilgan salmoqli yutuqlar tendentsiyalarini uzluksiz davom ettirish hamda aholi farovonligini yanada oshirish maqsadida, 2021 yilda – «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish bo‘yicha mutasaddi vazirlik va idoralar, shu jumladan «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi zimmasiga yuklatilgan muhim topshiriqlar yuzasidan seminar ishtirokchilariga batafsil ma’lumotlar berildi.
Murojaatnomada belgilab olingan strategik maqsadlarga erishish bo‘yicha 2021 yil uchun ishlab chiqilgan Davlat dasturi loyihasi haqida axborotlar berildi.
Shu bilan birga, Murojaatnomada mamlakatimiz to‘qimachilik sanoati sohalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha belgilangan barcha ustuvor vazifalarning ijrosi so‘zsiz va sifatli hamda o‘z muddatlarida ta’minlanishi, ushbu yo‘nalishlarda Uyushma tomonidan zaruriy chora-tadbirlar belgilanganligi hamda ularning bajarilishini izchil va samarali tashkillashtirish yuzasidan «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi va unga a’zo korxonalar tomonidan tizimli ravishda ishlar olib borilayotganligi e’tirof etildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT








