Namangan shahridagi “GABON TEXTILE” MCHJ tomonidan Rossiya davlatining OOO DT «OTK» hamda Turkiyaning “Demirbey Makina Tekstil” Ingaat Ith. Ihr. San. Tic. Ltd. STI kompaniyalari bilan hamkorlikda 30,0 gektarli ob’yektda yillik quvvati 84,0 mln.p.m ip gazlama bo‘yash, 1,8 ming tonna trikotaj mato bo‘yash hamda 2,2 ming tonna momiq mato bo‘yash loyihalarini ishga tushirish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Loyihaning umumiy qiymati 30,0 mln.dollarni tashkil etib shundan, 5,0 mln.dollari o‘z mablag‘lari va 25,0 mln.dollari xorijiy investitsiya mablag‘larini tashkil etadi. Ushbu istiqbolli loyihaning dastlabki bosqichi 2022 yilning 2-choragida ishga tushiriladi. Shuningdek, loyiha to‘liq ishga tushirilishi hisobiga 1500 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, yillik 20,0 mln.dollarlik tayyor mahsulotlar xorijiy davlatlarga eksportga yo‘naltiriladi.
Bugungi kunda “GABON TEXTILE” MCHJ tomonidan tomonidan «Milliy bank»dan sotib olingan sobiq «Namangan tekstil» kombinatining 30,1 gektarda joylashgan ob’yektlarida bugungi kunga qadar 60,8 mlrd.so‘m o‘z mablag‘lari hisobidan qurilish, rekonstruktsiya hamda kommunikatsiya tarmoqlari tortish ishlari amalga oshirildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT









