Mazkur festivalning ikkinchi kuni Farg‘ona dizaynerlari va hunarmandlari tomonidan yaratilgan milliy va zamonaviy liboslar ko‘rgazmasining ochilishi bilan boshlandi.
Kunning birinchi qismida yoshlari o‘rtasida milliy va zamonaviy andozalarni chizish bo‘yicha “Yosh dizayner” tanlovi, “Zamonaviy o‘zbek modasi, an’analar va yangi dizaynlar” mavzusidagi modalar namoyishi o‘tkazildi.
Unda so‘zga chiqqan Farg‘ona viloyat hokimi o‘rinbosari S.Aminjonov so‘nggi yillarda jamiyatimizda xotin-qizlarning mavqeini yanada yuksaltirish, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash masalalari davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanganligini ta’kidladi.
Shu o‘rinda, yoshlar o‘rtasida milliy va zamonaviy andozalarni chizish bo‘yicha tanlov o‘tkazildi hamda «Libos – millatning madaniyat belgisi va «ma’naviyat timsoli», «Zamonaviy o‘zbek ayolining imidji», «O‘zbek milliy modasi» mavzularida dizayner va mutaxassislari tomonidan zarur tavsiyalar berildi.

Jumladan, “Nafosat-2020” ko‘rik-tanlovining Farg‘ona viloyati bosqichi g‘oliblari viloyat hokimligi tomonidan qimmatbaho savg‘alar bilan taqdirlandilar.



Tadbirda tadbir ishtirokchilarini viloyatimizning taniqli xonandalari o‘z chiqishlari bilan hushnud etishdi.




Bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etayotgan ayollar liboslariga milliy qadriyatlarimiz asosida zamonaviy moda yo‘nalishlarini singdirish, bunda vijdon va e’tiqod erkinligiga qat’iy amal qilgan holda o‘zbek milliy moda yo‘nalishini shakllantirish mazkur tanlovning maqsadlaridan biri hisoblanadi.
“Nafosat-2020” festivali doirasida dizaynerlar, yoshlar hamda soha mutaxassislari ishtirokida tashkil etilgan matbuot anjumani o‘tkazildi.


Xususan, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan ilg‘or ishlab chiqarish korxonalari faoliyati to‘g‘risidagi «Made in Uzbekistan» nomli lavha namoyish etilib, dizaynerlar va yoshlar ishtirokidagi matbuot anjumani qizg‘in baxs munozaraga boy bo‘ldi.



Ommaviy axborot vositalari vakillari va bloggerlar tomonidan bugungi kundagi o‘zbek qizlari va ayollarining zamonaviy imidji yuzasidan qator savolliklar berildi.
Respublikadan tashrif buyurgan mehmonlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi bosh maslahatchisi N.Shotursunova va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Yangi dizaynerlik ishlanmalari joriy etish bo‘limi boshlig‘i K.Gulyamovalar vodiy gavhari bo‘lgan Farg‘onaning dizaynerlari respublikada o‘zining mustaxkam o‘rni va maktabiga ega ekanligini mamnuniyat bilan ta’kidlab o‘tishdi.


Shuningdek, festival doirasida «Ayollar va yoshlar orasida kiyinish madaniyati» mavzusida seminar-trening o‘tkazilib, unda bir qator mahalliy va chet ellik mutaxassislar, ilg‘or dizaynerlar «Yetakchi mutaxassislar va o‘zbek dizaynerlari tomonidan zamonaviy o‘zbek ayolining imidji» kabi bir qancha dolzarb mavzular yuzasidan o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Farg‘ona viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-
quvvatlash boshqarmasi matbuot xizmati
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT








