2020 yil 17 dekabr kuni axoli, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kiyinish madaniyatni targ‘ibotini tashkil etishga qaratilgan “Nafosat 2020” festivali viloyat bosqichiga start berildi.
Mazkur tadbirda Viloyat hokimi o‘rinbosari S.Aminjonov hamda Respublikadan tashrif buyurgan mehmonlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi bosh maslahatchisi N.Shotursunova va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Yangi dizaynerlik ishlanmalari joriy etish bo‘limi boshlig‘i K.Gulyamovalar ishtirok etishdi.


Kunning ikkinchi yarmida festivalning asosiy qismi bo‘lgan “O‘zbek ayolining ro‘mol o‘rash san’ati” nominatsiyasida dizaynerlar tomonidan yuqori did va mahorat bilan tikilgan liboslar hamda ro‘mollar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.





Marg‘ilon shahar Madaniyat markazi qoshidagi “Chodir Jamol” xalq folklor etnografik jamoasi va shahar Madaniyat bo‘limi ijodiy xodimlari tomonidan turli ko‘rinishlar namoyish etildi.


“Nafosat 2020” ko‘rik tanlovi 18-19 dekabr kunlari ham davom etadi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




