❇️“TST Cluster” klasterining 80 gektar maydonida parvarishlangan indigoferaning “Feruz-1” navi Quyi Chirchiq tuproq-iqlimiga to‘liq moslashdi. Birinchi yilning o‘zida tabiiy rang manbai bo‘lmish ushbu o‘simlikdan pigmentli bo‘yoq olishga muvaffaq bo‘lindi.
🔰Ma’lumotlarga qaraganda jahon bozorida jinsi matosi bo‘yaladigan indigo kukunining bir kilogrami 60 dollardan 240 dollargacha baholanmoqda. Ana shunday xaridorgir va qimmatbaho mahsulot ishlab chiqarish uchun “TST Cluster” tomonidan indigoferani qayta ishlash va bo‘yoq ishlab chiqarish korxonasi ham ishga tushirildi.
✳️Ayni paytda o‘simlikning pishib yetilgan doni yig‘ishtirib olinmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, gektaridan 30 tsentnergacha hosil yanchib olinyapti. Bu kelgusi yil indigofera urug‘ligi klasterning o‘zida tayyorlanadi, deganidir. Ya’ni 2021 yilda 300 gektar yerga “ranglar qiroli” joylashtirilib, 30 tonna tabiiy bo‘yoq olinishi mo‘ljallanmoqda.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




