Mamlakatimizning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasida «Asian Vocational College» dizayn kolleji murabbiy va talabalari ishtirokida O‘zbekiston milliy liboslari va ipak matolari taqdimoti tashkil etildi.
Tadbir doirasida «Anor Atelier» modalar uyi milliy brendini namoyish etuvchi o‘zbekistonlik dizayner Dilnoza Umrzoqova bilan videokonferentsiya tarzida muloqot ham tashkil etildi. Onlayn-muloqotda yosh dizaynerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi, deb xabar beradi «Dunyo» AA.
Anjuman ishtirokchilari yurtimizda tayyorlangan ipak matolari sifati va bejirimligiga yuqori baho berdi hamda o‘zlari uchun ham shunday ko‘rkam liboslar tiktirish istagi tug‘ilganini ma’lum qildi. Mahalliy yoshlar kelgusidagi o‘z loyihalarida o‘zbek ipagidan keng foydalanish ishtiyoqi paydo bo‘lganligini, shuningdek, ular moda ko‘rgazmalarida, albatta, o‘zbek matolaridan libos tayyorlashni maqsad qilganligini ta’kidladilar.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




