O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi “kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4804-son qaroriga asosan Olmazor yengil sanoat kollejida aholini kasb-hunarga o‘qitish maqsadida qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamkorligida tikuvchilik, buxgalteriya, kompyuter, sartaroshlik va oshpazlik kasblari bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarida aholini kasbga qayta tayyorlash ishlari boshlandi.
Hozirgi kunda tikuvchilik, kompyuter va buxgalteriya kasblari bo‘yicha 34 nafar aholi kasbga qayta tayyorlanmoqda.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




