Milliy boyliklar qatoriga ko‘p narsalarni kiritishimiz mumkin. Shularning ichida paxta ko‘p yillardan beri ekilib, parvarish qilinib kelinadi. Chet davlatlarda xamisha o‘zbek paxta tolasi yuqori sifati bilan ajralib turgan.
Bugun Beruniy tumanida oq oltinning ilk karvonlari, Beruniy paxta tozalash zavodiga yetib keldi. Tumanda 2020 yil paxta hosili uchun 10.275 gektar yerga paxta ekilgan bo‘lib, 24.880 tonna paxta olish rejalashtirilgan. 153 ta fermer ho‘jaliklari va bitta “Beruniy klaster” MCHJ bilan shartnoma tuzilgan. Bu yilgi paxta terimining dastlabki birinchi terim narxi 1000 so‘mdan, ikkinchi terim narxi 1400 so‘mdan belgilangan. Bugun birinchi karvon kelishi munosabati bilan tumandagi eng oldi fermer ho‘jalik rahbarlari rag‘batlantirildi. Beruniy tumani hokimi Atabek Saparbayev va sektor rahbarlari, fermer ho‘jaligi raislari, rahbarlar ishtirokida bu yilgi hirmon barakali bo‘lishi, hosilimiz mo‘l bo‘lishini niyat qilib Qur’on tilovat qilindi.
Serhosil zamin yeridagi har bir yetishtirilgan paxta, unga mehr bergan dehqon, quyosh nurini ayamagan ochiq osmon, bu albatta shu diyorda tug‘ilgan insonning oliy baxtidir.
Hirmonlarimiz yuksak, xosil esa barakali bo‘lsin.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




