“O‘zto‘qimchiliksanoat” uyushmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil 18 may holatiga respublikada himoya niqoblarining ishlab chiqarish quvvati kuniga 10,8 mln. donaga, kombinezonlar uchun — 150 ming donaga oshirildi.
275 tarmoq korxonasi tomonidan kunlik 6 million niqob va 45 ming dona kombinezonlar ishlab chiqaradi. Shu bilan birga, 1,7 million dona himoya niqoblari va 1,2 million dona xalatlar insonparvarlik yordami yo‘naltirildi, 13,4 million dona niqoblar eksportga jo‘natildi.
Himoya vositalarini ishlab chiqarishda Toshkent viloyati, Toshkent shahri va Andijon viloyati peshqadam bo‘lib, ular hisobiga ishlab chiqarishning 75% ortiq qismi to‘g‘ri kelmoqda.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




