O‘zbek xalqi azal-azaldan tinchliksevar xalq hisoblanadi. II jahon urushi davrida o‘zbek xalqi metin iroda, kuch, sabr va bag‘rikenglik hislatlarini keng namoyon qilgan. Bejiz shu yillarda Toshkentga Tinchlik va Non shahri maqomi berilmadi.
9 mayni Xotira va Qadrlash kuni yurtimizda umumxalq bayrami sifatida nishonlab, bu kunning ezgu maqsadi o‘tganlarni yod etish, qariyalar va bemorlar holidan xabar olish, ota-ona yaqinlarni ziyorat qilishdan iborat.“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi jamoasi ham ayni shu kunlarda II jahon urushi front orti veteranlari va soha rivojiga yillar davomida o‘z xissasini qo‘shgan tarmoq mutaxassislarini ziyorat qilish, ular holidan xabardor bo‘lish, Ramazon kunlarida va karantin davrida moddiy va ma’naviy ko‘maklashish maqsadida 20 dan ortiq nafaqadagi xodimlar uylariga tashrif buyurishdi.
Bu tashrif ularga bir olam quvonch bag‘ishladi. Umrining ko‘p qismini ishga sarf qilib ko‘zlari xiralashgan, qo‘llari qadoq bosgan ustoz mutaxassilar ko‘zlarida yosh bilan qo‘llarini duoga ochishdi va to‘qimachilik sanoati bundanda yuksak marralarni zabt etishini tilashdi.
Veteran va ustozlarga Uyushma tomonidan tayyorlangan oziq-ovqat va mahsulotlar, pul mukofotlari taqdim etildi.