Avval xabar berganimizdek, oʻtgan hafta bir guruh kinematograflar Toʻqimachilik sanoati va mahsulotlarini targʻib qiluvchi yangi reklama filmini suratga olish uchun Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Film Hermès, Vogue, Dior va Chanel uchun videofilmlarni suratga olayotgan yevropalik mutaxassislar guruhi tomonidan tayyorlanadi.
Joriy yilning 9-noyabr kuni “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan tashkil etilgan “Yevropada oʻzbek toʻqimachilik mahsulotlari: yangi reklama filmi va Yevropa bozoriga chiqish strategiyasi” mavzusida matbuot anjumani va oʻquv seminari tashkil etilib, uning davomida jamoatchilikka ushbu loyihaning asosiy gʻoyasi va oʻzbek toʻqimachilik mahsulotlarini xorijiy bozorda ommalashtirish va targʻib qilish mexanizmi haqida suz bordi.
Tadbirda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti rahbarlari, 50 dan ortiq toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalar vakillari, shuningdek kinorejissyor Per Disko va Advantage Central Asia kompaniyasi rahbari Dmitriy Rodin boshchiligidagi suratga olish guruhi aʼzolari ishtirok etishdi.
Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-maydagi 5989-sonli farmoni doirasida Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi koʻmagida amalga oshirilmoqda. Loyihani moliyalashtirish uchun Investitsiyalar va tashki savdo vazirligi huzuridagi Eksportni qoʻllab-quvvatlash agentligi mablagʻlari jalb qilindi.
ADVANTAGE Central Asia kompaniyasi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi bilan toʻqimachilik mahsulotlarini eksportni kengaytirish va Yevropa bozoriga chiqish masalalarida hamkorlik qiladi.
Reklama filmini suratga olishda Fransiya va italiyalik kinorejissyor S.Forlini tomonidan suratga olinmoqda. U hujjatli va badiiy filmlar olish bilan bir qatorda Hermès, Vogue, Dior kabi taniqli brendlar uchun reklama roliklarini suratga oladi.
Andre Andrev – toʻqimachilik va moda biznesi sohasidagi mutaxassis, Chanel brendining “Haute Couture” kolleksiyasini yaratish boʻyicha maslahatchi.
Per Dikso kinorejissyor va filmlari va Louis Vuitton, Nike, Hermes, Chanel, Chloe, Lacoste, Mini kabi brendlar uchun doimiy videofilmlarining muallifidir.
Tadbir davomida kinoijodkorlar Oʻzbekiston madaniy merosi va mamlakatning toʻqimachilik sanoati haqidagi taassurotlari bilan oʻrtoqlashdilar. Suratga olish ishlari Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Namangan, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida namunali paxta va toʻqimachilik klasterlari va korxonalarida boʻlib oʻtdi. Film ijodkorlari boy tarix va toʻqimachilik sanoatning yuqori texnologik kuchi qayd etishdi va aynan shunga film davomida urgʻu berish istagini aytib oʻtishdi.
Shuningdek, oʻquv seminarida Dmitriy Rodin eksportchilarga, shu jumladan toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaradigan kompaniyalarga davlat tomonidan koʻrsatilayotgan mislsiz koʻmakni, xususan, tovarlarni sertifikatlashtirishdan oʻtishda va uning uchun toʻlovlarni amalga oshirishda yordam koʻrsatayotganini taʼkidladi.
Sanoat korxonalari bilan suhbat chogʻida yevropalik mutaxassislar kompaniya brendi va ularning mahsulotlari targʻib qilish, yangi xaridorlarni topish va jalb qilish, reklama roliklarini tayyorlashda nimalarga ahamiyat berish kerakligi va boshqalar boʻyicha oʻz qarashlari va tavsiyalari bilan oʻrtoqlashdilar.
Ushbu film tez orada omma eʼtiboriga havola etiladi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT













