Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha Milliy komissiya faoliyati doirasida O‘zbekistonda Better Cotton Initiative (BCI) dasturini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan Milliy maslahat kengashi yig‘ilishi tashkil etildi.
Yig‘ilish davomida:
- 2026 yil uchun ustuvor vazifalar
- 2025–2027 yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” ijrosi
- barqaror paxta sektori rivojiga hamkor tashkilotlar hissasi
atroflicha muhokama qilindi.
Fermerlar ishtirokidagi pilot loyihalar, munosib mehnat masalalari hamda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘nalishlariga alohida e`tibor qaratildi. Shuningdek, joriy yil sentabr oyida O‘zbekistonda AQSH, Braziliya, Avstraliya, Ispaniya, Turkiya, Pokiston va boshqa davlatlardan BCI global hamjamiyati vakillari ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Large Farm Week” xalqaro tadbiriga tayyorgarlik masalalari ham ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish yakunida kelgusidagi asosiy yo‘nalishlar va navbatdagi amaliy qadamlar belgilab olindi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT


