2022 yil 15 iyun kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasining Frantsiyadagi elchixonasi hamkorligida Frantsiya va O‘zbekiston to‘qimachilik biznes doirasi vakillari ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisi o‘rinbosari B.Muxammadsaidov O‘zbekiston to‘qimachilik sohasi potentsiali haqidagi taqdimoti bilan ishtirok etdi. Uchrashuvdan maqsad Frantsiyaga to‘qimachilik mahsulotlarini mashhur brend kompaniyalariga yetkazib berish, kooperatsion aloqalarni rivojlantirish va O‘zbek to‘qimachilik korxonalarini jahon to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish zanjirini qo‘shishdan iborat.
O‘z o‘rnida Frantsiya tomoni tadbirkorlari Fashion sanoatida ishlash uchun talablar va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot taqdim etishdi.
Uchrashuvda ishtirok etgan o‘zbek to‘qimachilik korxonalari Frantsiyaning “Forweavers” va “Cotton-Silk” korxonalari bilan hamkorlikda ishlashga katta qiziqish bildirib o‘zaro ma’lumot almashdilar.
Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida bunday tadbirlar sonini ko‘paytirish va ikki davlat tadbirkorlarining tashriflarini amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




