Joriy yilning 25-fevral kuni “O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasi qoshidagi “To‘qimachilik mahsulotlari va reklamasi agentligi” rahbariyati hamda “LASIAD” (Turkiya sanoatchilar va tadbirkorlar uyushmasi) vakillari ishtirokida keng ko‘lamli savdo-iqtisodiy masalalarga doir muzokaralar olib borildi.




Uchrashuv davomida turk to‘qimachilik sanoatining xamkor o‘zbek tadbirkorlari uchun yangi tashkil etilgan bozorlarga yanada keng yo‘l ochishi va O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining yangi integrallashgan va sanoatlararo sheriklik bo‘yicha hamkorlik o‘rnatilishiga kelishib olindi.

LASIAD – Turkiya sanoatchilar va ishbilarmonlar Uyushmasi
Ma’lumot uchun: LASIAD – Turkiya sanoatchilar va ishbilarmonlar Uyushmasi bo‘lib, 1997 yilda to‘qimachilik va tayyor kiyim yo‘nalishining yetakchi tadbirkorlari tomonidan tashkil etilgan. Barcha ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalaridan a’zolarni o‘z ichiga olgan LASIAD mintaqaga tashrif buyuruvchilar uchun to‘liq ma’lumot markazi bo‘lib, mintaqadan xarid qilishni xohlovchilarni ishlab chiqaruvchilar va ular qidirayotgan mahsulot guruhi bilan tanishtirish orqali hamkorlik imkoniyatlarini yaratadi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




