Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga tovarlarni eksport qiluvchi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari diqqatiga!

REX tizimining qo‘llanilishini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 dekabrdagi 994-son «Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilingan. Ma’lumot uchun: REX tizimi – bu Yevropa Ittifoqining Preferentsiyalarning bosh tizimida qo‘llaniladigan tartibga muvofiq tovarlar kelib chiqishining imtiyozga ega ekanligini tasdiqlash maqsadida eksportchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimidir. Ro‘yxatdan o‘tkazish eksportchilar o‘z tadbirkorlik faoliyati haqidagi ma’lumotlar o‘rnatilgan tartibda kiritilgan…