GUZ Partners loyihasi doirasida O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalarining ishlab chiqarish va eksport salohiyati o‘rganildi

O‘zbekiston va Germaniya to‘qimachilik sanoati o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan GUZ Partners loyihasi doirasida mamlakatimiz to‘qimachilik korxonalarining ishlab chiqarish imkoniyatlari, texnologik salohiyati va eksport yo‘nalishlari bilan tanishish bo‘yicha tashriflar amalga oshirildi. Joriy yil boshida boshlangan va uch yilga mo‘ljallangan loyiha mahalliy ishlab chiqaruvchilar hamda Germaniya to‘qimachilik sanoati vakillari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va…

Heimtextil Uzbekistan xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

Bugun, 12-oktabr kuni Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida Heimtextil Uzbekistan, Apparel Sourcing Tashkent va Texworld Tashkent xalqaro ko‘rgazmalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rahbariyati, tegishli vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar hamda soha vakillari ishtirok etdi. 12–14-oktabr kunlari davom etadigan mazkur xalqaro tadbirlar to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati vakillarini bir maydonda jamlab, yangi hamkorlik…

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi delegatsiyasi IX Xitoy–Yevrosiyo EXPO–2026 doirasidagi kooperatsiya uchrashuvida ishtirok etdi

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida bo‘lib o‘tgan IX Xitoy–Yevrosiyo EXPO–2026 xalqaro ko‘rgazmasi doirasida tashkil etilgan kooperatsiya uchrashuvida ishtirok etdi. 🔹 Tadbir davomida Xitoyning davlat tashkilotlari, tarmoq uyushmalari hamda biznes vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilib, to‘qimachilik sanoatida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. 🔹 Shuningdek, 30 dan ortiq Xitoyning to‘qimachilik…

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasida Aksu delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazildi

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi vakillari tomonidan Aksu To‘qimachilik sanoat parki delegatsiyasi hamda ushbu park hududida faoliyat yuritayotgan korxonalar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muzokaralar davomida Xitoy vakillari tomonidan 5 400 gektar maydonda joylashgan va qariyb 350 ta to‘qimachilik korxonasini birlashtirgan sanoat parkining salohiyati haqida ma’lumot berildi.Park korxonalarining yillik ishlab chiqarish quvvatlari: • 350 ming tonna ip-kalava; • 200…

Iroq Respublikasi delegatsiyasi “Sam Rafoat Tekstil” korxonasiga tashrif buyurdi

Iroq Respublikasi delegatsiyasi “Sam Rafoat Tekstil” korxonasiga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayoni va korxonada tashkil etilgan mahalliy mahsulotlar ko’rgazmasi bilan yaqindan tanishdi. Tashrif doirasida, 25 dan ortiq mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan eksportbop mahsulotlar ko‘rgazmasi delegatsiya a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbir davomida Iroq Respublikasidan tashrif buyurgan 70 dan ortiq tadbirkor va mehmonlar mahalliy to‘qimachilik hamda…

Hindistonga tashrif davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati vakillari hozirda Hindistonning buyoqxona korxonalarida o‘rnatilgan suv tozalash va qayta ishlash inshootlarida o‘z tajribalarini ortirishmoqda. Soha vakillari tashriflari davomida Hindistonning Tiripur shahrida joylashgan Indian Stitchers Pvt Lt, Tiripur Dyers Association, WTT technologies kompaniyalari texnologiyalari bilan yaqindan tanishishdi. Uchala uchrashuvda ham korxona rahbariyatlari va vakillari bilan muzokaralar olib borildi, u…

Brending san’ati: Sorbonnaning jahon mutaxassislaridan o‘quv darslari

Sanoatning ishbilarmon ayollari diqqatiga! “Kreativ industriyalarda brendni boshqarish. Texnologiyalar, drayverlar, innovatsiyalar” ekspert dasturiga qabul boshlandi. Dastur Parijdagi IEERP – PR Yevropa instituti ko‘magida taniqli frantsuz mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Dastur tinglovchilari – Moda sanoati va to‘qimachilik sohasidagi mutaxassislar, shaxsiy brendlari asoschilari, dizaynerlar, consept-store va ixtisoslashtirilgan parda va interyer do‘konlari rahbarlari, ixtisoslashtirilgan universitetlarning o‘qituvchilari quyidagi qimmatli…

Ta’lim tizimini yanada takomillashtirishda Germaniya tajribasi

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati – GIZ O‘zbekistonda har sohada faol ishlar olib bormoqda. To‘qimachilik sohasi bilan chambarchas bog‘liq ta’lim yo‘nalishidagi “O‘zbekiston kasb-hunar ta’limi tizimidagi islohotlar va modernizatsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi shular qatoridan. Uning doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi xodimlari, Toshkent va Namangan to‘qimachilik va yengil sanoat institutlari o‘qituvchilari hamda ekspertlaridan iborat…

O‘zbek korxonalari Hindiston hamkasabalari bilan tajriba alishishmoqda

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi boshchiligida 10dan ortiq korxonalar delegatsiyasi GIZ ko‘magida Hindistonga tashrifni amalga oshirmoqda. Tashrif maqsadi – buyoqxona korxonalarida o‘rnatilgan suv tozalash va qayta ishlash inshootlarni va undagi jarayonlarni kuzatish va tatbiq qilish. Tashrif 56 ta davlatda suvni retsirkulyatsiya qilish texnologiyalariga ega va ZLD (Zero Liquid Discharge) texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha yetakchi korxona SSP PvT Limited…

Yirik investitsiya loyihasining ikkinchi bosqichi muhokamasi bo‘lib o‘tdi

2024 yil yanvar oyida Shenchjen shahrida (Xitoy) bo‘lib o‘tgan investitsiya forumi davomida imzolangan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida XINJIANG LIHUA GROUP Co, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi. Natijada 300 mln dollarlik O‘zbekistonda paxta yetishtirish bo‘yicha ilmiy-texnologik park va paxta chigitini qayta ishlash uchun yuqori sifatli ishlab chiqarish liniyalarini yaratish…