Shavkat Mirziyoyev: Korxonalarning «yuragi» – muhandis, konstruktorlar

Davlatimiz rahbari Bektemir tumanidagi “Metal Processing” mas’uliyati cheklangan jamiyatda tayyorlanayotgan mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi. Umumiy qiymati qariyb 34 milliard so‘m bo‘lgan mazkur loyiha sanoatni mahalliylashtirish, import o‘rnini to‘ldirishda juda muhim ahamiyatga ega. Chunki to‘qimachilik texnologiyalari har besh yilda o‘zgarib turadi. Bundan tashqari, detallari eskiradi yo buziladi. Ilgari oddiy qismlar ham chetdan olib kelinardi. “Metal Processing” MCHJda…