O‘zbekiston va Ozarbayjon to‘qimachilik sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

Forumning asosiy maqsadi – O‘zbekiston va Ozarbayjon ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘qimachilik sohasida hamkorlikni kengaytirish, savdo va kooperatsion aloqalarni o‘rnatish uchun yangi imkoniyatlar yaratishdir. Anjumanning onlayn tarzda o‘tgan ochilish marosimida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Ne’matov ishtirok etib, O‘zbekiston – Ozarbayjon munosabatlarining yuqori darajasini e’tirof etib, ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik tobora rivojlanib borayotganini ta’kidladi.…