Shahrixonlik fermer tumanda birinchi bo‘lib paxta rejasini bajardi
Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi Turkiston massivida joylashgan Asliddin Abduolimov rahbarligidagi “Ruhshonaxon ulkan xirmoni” fermer xo‘jaligi dehqonlari tumanda birinchi bo‘lib yillik paxta tayyorlash rejasini bajardi. 15,7 gektar maydonda “oq oltin” yetishtirgan xo‘jalik a’zolari davlatga 54 tonna yuqori sifatli hosil topshirdi. Reja birinchi terimdayoq 103 foizga ortig‘i bilan uddalandi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT
