“NAFOSAT — 2020”: xalq amaliy san’ati ko‘rgazmasi, podium va modalar namoyishi

Ko‘hna va hamisha navqiron Buxoroda puxta tayyorgarlik va uyushqoqlik bilan tashkil etilgan “NAFOSAT — 2020” festivalining dastlabki kunida poytaxt hamda viloyatlardan tashrif buyurgan mehmonlar, viloyatimizning mohir chevarlari, milliy liboslar dizaynerlari, soha mutasaddilari ishtirokida «SAHID ZARAFSHON” mehmonxonasida “Buxoro milliy liboslari tarixi” modalar namoyishi ochildi.   Unda respublika “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi dizayn bo‘limi boshlig‘i Kamola G‘ulomova yig‘ilganlarga batafsil…