«Nafosat» festivali Namanganda
O‘zbek milliy kiyinish madaniyati targ‘ibotini tashkil etishga qaratilgan «Nafosat» festivali respublikamizning turli viloyatlarida davom etmoqda. 10 dekabr kuni gullar shaxri Namanganda festival o‘z ishini boshladi. Eslatib o‘tamiz, ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash komissiyasi tashabbusiga binoan «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT
