Libos – millatning madaniyat belgisi va ma’naviyat timsoli

Mazkur festivalning ikkinchi kuni Farg‘ona dizaynerlari va hunarmandlari tomonidan yaratilgan milliy va zamonaviy liboslar ko‘rgazmasining ochilishi bilan boshlandi. Kunning birinchi qismida yoshlari o‘rtasida milliy va zamonaviy andozalarni chizish bo‘yicha “Yosh dizayner” tanlovi, “Zamonaviy o‘zbek modasi, an’analar va yangi dizaynlar” mavzusidagi modalar namoyishi o‘tkazildi. Unda so‘zga chiqqan Farg‘ona viloyat hokimi o‘rinbosari S.Aminjonov so‘nggi yillarda jamiyatimizda xotin-qizlarning…