2021 yildan 2023 yilgacha vaqt oralig‘ida “The Jeans Redesign” dasturida ishtirok etgan global brendlarning 72 foizi dizayn qiyinchiliklarini yengib o‘tib, taxminan 1,5 mln juft qayta ishlangan jinsi shimlarni bozorga chiqardi. Bu 2021 yilga nisbatan uch baravar ko‘payganligini anglatadi, ba’zi brendlar dastur tamoyillariga rioya qilish uchun jinsi shimlar portfelini to‘liq qayta ko‘rib chiqishgan.
“The Jeans Redesign” – jinsilar ishlab chiqarish jarayonida suv va energiya kabi ko‘plab resurslarni tejash loyihasi bo‘lib, mahsulotlarni qayta dizaynlash orqali aylanma iqtisod uchun jinsi shimlarni loyihalash va ishlab chiqarish mumkinligini ko‘rsatadi.
Sanoat, ilmiy doiralar va nodavlat tashkilotlarning 80 nafar ekspertlari ishtirokida ishlab chiqilgan yo‘riqnoma yetakchi brendlar, fabrikalar va ishlab chiqaruvchilarni jinsi shimlar dizayni va ishlab chiqarish usullarini o‘zgartirishga undaydi.
Dasturda ishtirok etayotgan kiyim-kechak ishlab chiqaruvchilari va to‘qimachilik korxonalarining to‘rtdan uch qismi nizomga asosan jinsi shimlar ishlab chiqargan, yana 9 foiz korxona bunga tayyor. “The Jeans Redesign”ning 2021-2023 yillardagi jinsi shimlarni qayta loyihalash natijalari bo‘yicha hisobotga ko‘ra, ishtirokchilar 2023 yilda aylana iqtisodiyoti uchun mato va jinsi shimlarni modernizatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlash uchun 39 mln dollardan ko‘proq sarmoya kiritgan. Shuningdek, brendlar qayta ishlangan va organik tarkibni va qismlarga ajratilgan komponentlarni sotib olish va sertifikatlash uchun qo‘shimcha pul to‘laydilar.
Muhimi, qayta loyihalash jarayoni moda uchun aylanma iqtisodni qo‘llab-quvvatlovchi infratuzilmani qurish uchun muhim bo‘lgan talablarini rag‘batlantirmoqda. Quvonarlisi, 2021 yilda brendlarning 6 foizi yangi mahsulotga kirish modellari haqida xabar bergan bo‘lsa, 2023 yilga kelib, bu ko‘rsatkich o‘n ikki baravar ko‘paydi, brendlarning 71 foizi jinsi shimlarni maksimal foydalanish qiymatida saqlab qolgan holda yangi xizmat va biznes modelini taklif qilmoqda.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




