Prezident 2021 yilgi davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmonini imzoladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil – «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi. Mazkur davlat dasturi loyihasi joriy yilning 18–28 yanvar kunlari 2021.strategy.uz, jamoatchilik.uz va regulation.gov.uz veb-portallari, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazildi. Muhokamalar doirasida farmon loyihasi mahalliy ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda…