Bangladesh hukumati to‘qimachilik sanoatida loyihalarni moliyalashtirishi mumkin

Bu haqda bugun 23 fevral kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisi Ilhom Haydarov va Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jahongir Alam (Zahangir Alam) bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qilindi. Uchrashuvdan ko‘zda tutilgan maqsad ehtirom tashrifi bo‘lib, bundan tashqari Bangladeshning to‘qimachilik sanoati va «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari hamda istiqbolli loyihalar amalga oshirish bo‘yicha…

Tayyor kiyim-kechaklar eksporti 30 foizga oshdi — Statqo‘m

O‘zbekiston 2020 yilda qiymati 459,3 mln dollarga teng bo‘lgan tayyor kiyim-kechak mahsulotlarini eksport qildi. Davlat statistika qo‘mitasiga ko‘ra, bu – 2019 yilga nisbatan 30 foizga ko‘p. O‘tgan yili O‘zbekiston tayyor kiyim-kechaklarni eng ko‘p eksport qilgan davlatlar quyidagilar bo‘lgan: Rossiya – 247,2 million; Qirg‘iziston – 170,6 million; Qozog‘iston – 17,5 million; Ukraina – 4,9 million; Tojikiston – 4,8 million; Moldova – 2,6 million; Belarussiya – 2,3 million; Italiya – 2 million. Eksport qilingan tayyor kiyim-kechak…