«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi: Shri-Lanka o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlaridan batik ishlab chiqarishda foydalanadi

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasida Shri-Lankaning Batik, qo‘lda ishlangan to‘qimachilik va kiyim-kechak vaziri Dayasiri Jayasekara bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv xorijiy partiya tashabbusi bilan tashkil etildi. Delegatsiyani «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisi Ilhom Haydarov qabul qildi. Tomonlar hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar. To‘qimachilik va tikuvchilik mahsulotlarini loyihalash, ishlab chiqarish va eksport qilish Shri-Lankadagi eng yirik tarmoqlardan biri bo‘lib, mamlakat…