“Paxta hosildorligini oshirish, paxta yetishtirishda ilm va innovatsiyalarni joriy qilishning qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

  Paxta hosildorligini oshirish bo‘yicha yangi tizimni joriy qilish, paxta yetishtirishda ilm va innovatsiyalarga asoslangan urug‘chilik, nav tanlash, yerga ishlov berish, o‘g‘itlash, sug‘orish ishlarini yo‘lga qo‘yish orqali paxta-to‘qimachilik sohasida eksport hajmlari va daromadni oshirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Paxtachilik kengashi (keyingi o‘rinlarda – Paxtachilik kengashi) tashkil etilsin hamda uning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Quyidagilar Paxtachilik kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin: har yili hududlarda mahalliy sharoitlarda…