Xitoyning eng yirik sintetik tola ishlab chiqaruvchilari shahri delegatsiyasi O‘zbekiston bilan ishlashga qiziqmoqda

Kuni kecha Xitoyning Shaoxing Keqiao Textile City Overseas Market Promotion Association (SKTCOMPA) – 20 dan ortiq gazlama va mato ishlab chiqaruvchi korxonalari vakillari va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Aytish joizki, SKTCOMPA 2019 yilda tashkil etilgan bo‘lib, dunyoning eng yirik to‘qimachilik markazida Ketsyao shahrida joylashgan. Uning maqsadi – xitoylik to‘qimachilik kompaniyalarini ilgari surish…