“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-yilda Axborot makonidagi faoliyati natijalari

2023 yilda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining Axborot siyosati, piar va ommaviy axborot vositalari bo‘limi O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini, mahalliy brendlar va korxonalarni ilgari surish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirdi. Yil davomida xalqaro va xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ko‘plab seminarlar, treninglar, vorkshoplar va Toshkent to‘qimachilik haftaligi o‘tkazildi.