Raqamli transformatsiya: Barqarorlik, kuzatuvchanlik va shaffoflik

Shubhasiz, to‘qimachilik sanoati – O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri. Uning imkoniyatlari ish o‘rinlari soni bo‘yicha yetakchilikni kafolatlaydi. Soha faol rivojlanmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan to‘qimachilik mahsulotlari eksportini 5 mlrd. dollarga yetkazish maqsadi qo‘yilgan, tikuv-trikotaj korxonalari quvvatlaridan foydalanish darajasini esa hozirgi 65 foizdan 81 foizga oshirish rejalanmoqda. «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisi Ilhom O‘tkurovich HAYDAROV tahririyatimizning tarmoq rivojlanishiga oid…