Heimtextil Uzbekistan xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

Bugun, 12-oktabr kuni Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida Heimtextil Uzbekistan, Apparel Sourcing Tashkent va Texworld Tashkent xalqaro ko‘rgazmalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rahbariyati, tegishli vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar hamda soha vakillari ishtirok etdi. 12–14-oktabr kunlari davom etadigan mazkur xalqaro tadbirlar to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati vakillarini bir maydonda jamlab, yangi hamkorlik…