Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati vakillari hozirda Hindistonning buyoqxona korxonalarida o‘rnatilgan suv tozalash va qayta ishlash inshootlarida o‘z tajribalarini ortirishmoqda.
Soha vakillari tashriflari davomida Hindistonning Tiripur shahrida joylashgan Indian Stitchers Pvt Lt, Tiripur Dyers Association, WTT technologies kompaniyalari texnologiyalari bilan yaqindan tanishishdi.
Uchala uchrashuvda ham korxona rahbariyatlari va vakillari bilan muzokaralar olib borildi, u yerda qo‘llanilayotgan texnologiyalarni O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalarida o‘rnatish bo‘yicha maslahatlar berildi. Ya’ni korxonaning o‘zida tozalash texnologiyalari o‘rnatilishi kerakmi yoki bir nechta bo‘yoq korxonalari uchun yagona tozalash inshoati qurilishi ma’qul kelishi yuzasidan soha mutaxassislari o‘z fikrlarini bildirdi.
WTT technologies kompaniyasi bilan uchrashuvda yangi loyihalari va xizmatdagi afzalliklari bilan yaqindan tanishtirib, ishtirokchilar O‘zbekistonga suvni tozalash uskunalari va texnologiyalarini yetkazib berish va markaziy suv tozalash inshootlarini qurish masalasida muzokaralar olib borishdi.
Bunda, suv tozalash jarayonida kimyoviy amalga oshiriladigan bosqichlar minimallashtirishga erishganligi ularning katta yutuqlaridan ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




