2024 yil yanvar oyida Shenchjen shahrida (Xitoy) bo‘lib o‘tgan investitsiya forumi davomida imzolangan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida XINJIANG LIHUA GROUP Co, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Natijada 300 mln dollarlik O‘zbekistonda paxta yetishtirish bo‘yicha ilmiy-texnologik park va paxta chigitini qayta ishlash uchun yuqori sifatli ishlab chiqarish liniyalarini yaratish loyihasi amalga oshirilishi boshlandi.
12 aprel kuni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida Xitoyning “Zhongtai Group” kompaniyasi bilan uchrashuvda loyihaning keyingi bosqichi amalga oshirilishi muhokama qilindi. Uning doirasida O‘zbekistonda ipdan tayyor mahsulotgacha ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish rejalashtirilgan.
“Zhongtai Group” kompaniyasi polivinilxlorid (qisqartirilgan “PVC”), kaustik soda, viskoza va paxta tola ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoyning eng yirik korxonasi bo‘lib, umumiy aktivlari taxminan 145 milliard yuan (20 mlrd dollar)ni va xodimlar shtati taxminan 45000 kishini tashkil etadi.
Hozirda kompaniya vakillari loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan maydonlarni ko‘rib chiqmoqda.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi m
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




