Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti hamda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi o‘rtasida strategik hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, to‘qimachilik sanoati korxonalarining real ehtiyojlariga mos malakali kadrlar tayyorlash hamda mehnat bozori talablariga javob beradigan uzviy tizimni shakllantirishga qaratilgan.
🌐Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:
✔️ Ta’lim dasturlari va kasbiy standartlarni sanoat ehtiyojlari asosida takomillashtirish;
✔️ Dual ta’lim tizimini kengaytirish va o‘quvchilarning korxonalardagi amaliy tayyorgarligini kuchaytirish;
✔️ Zamonaviy texnologiyalar va raqamli ishlab chiqarish usullarini ta’lim jarayoniga joriy etish;
✔️ Kasbiy ta’lim pedagoglarining tarmoq korxonalarida malakasini oshirish;
✔️ Ish beruvchilar bilan barqaror hamkorlik mexanizmlarini shakllantirish;
✔️ Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish.
✅ Mazkur hamkorlik ta’lim tizimi va to‘qimachilik sanoati o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, ishlab chiqarish uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda tarmoqning inson kapitalini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladi.


O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




