O‘zbekistonning Amerika Qo‘shma Shtatlari va Rossiyadagi elchixonalari tomonidan ommaviy o‘zbek moda to‘plamlari namoyish etildi.
Shunday qilib, Vashingtonda mashhur Moel Bosh, Anor, Suzani va Saadi moda brendlari zamonaviy tendentsiyalar va an’anaviy o‘zbek elementlarining o‘ziga xos uyg‘unligi bilan mashhur kollektsiyalarini taqdim etdi. Ko‘rgazma mehmonlari sifatida Oq uy, AQSh Davlat Departamenti, Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari vakillari, to‘qimachilik kompaniyalari va moda sanoati rahbarlari hamda jurnalistlar bo‘ldi.
Moel Bosh – zamonaviy bichimdagi ikat yordamida qo‘lda ishlangan dizaynerlik kiyimlar.
Anor noyob brend bo‘lib, uning DNKsi o‘zbek an’analari va zamonaviy tendentsiyalarini birlashtiradi.
Suzani – qadimiy san’at va zamonaviy tendentsiyalarni birlashtirgan mahsulotlar.
Saadi – hayotning alohida daqiqalari uchun nafis va nazokatli liboslar uchun klassitsizmning timsoli.
Rossiyada “Sankt-Peterburg biznes kuni” Tadbirkorlar Forumida o‘zbekistonlik dizayner Maftuna Komolovaning “Quyoshli respublikaning o‘zbek lazzati va yorqin ranglari zamonaviy talqinda” nomli moda namoyishi O‘zbekiston Respublikasining Sankt-Peterburgdagi Bosh konsuli Abdurahmon Mahmudovning “O‘zbekistonga sarmoya kiriting” mavzusidagi nutqining mantiqiy davomi bo‘ldi.
U “O‘zbekistonga investitsi kiriting” taqdimotida “O‘zbekiston-2030” strategiyasini taqdim etib, O‘zbekistonga sarmoya kiritishning 5 sababini, uning rivojlanayotgan infratuzilmasi va tabiiy resurslarini, investorlar uchun imtiyozlarni ochib berdi, shuningdek, potentsial investorlar uchun boshqa muhim jihatlarni taqdim etdi.
Moda namoyishalri tomoshabinlari podiumda taqdim etilgan liboslarning har bir detalida mujassam bo‘lgan sharqona ulug‘vorlik muhitini his qilib, o‘zbek madaniyatining o‘ziga xosligini ta’kidladilar.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




