O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri B. Saidovning Vyetnamga rasmiy tashrifi doirasida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi delegatsiyasi ishtirokchilari Youngone kompaniyasi, Bao Minh korporatsiyasi, Thai Tuan brendi, Vetnam to‘qimachilik va kiyim – kechak uyushmasi – VITAS vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar.
Vyetnam kompaniyalari, ishlab chiqaruvchilari va brendlari O‘zbekiston to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlikni kengaytirishga katta qiziqish bildirdilar.
Masalan, o‘zbek ip kalavasini yetkazib berish masalasi ishlab chiqaruvchilar – Youngone va Bao Minh bilan muhokama qilindi, Thai Tuan brendi O‘zbekistonda o‘z shourumini ochishga tayyorligini bildirdi.
VITAS bilan uchrashuvda assotsiatsiya rahbariyati O‘zbekistonning erkin iqtisodiy zonalari investorlari uchun taqdim etilgan shartlarga qiziqishi tufayli, Vyetnam ishlab chiqaruvchilari va investorlari bilan ularning EIZlarda faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha suhbatlashishni o‘z zimmasiga oldi.
Shuningdek, tomonlar Vyetnam delegatsiyasi 2024 yil sentyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ITMF&IAF Qo‘shma konferentsiyasida ishtirok etishiga kelishib oldilar.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




