Qadimiy Samarqand shahrida 2024 yil 8-10 sentyabr kunlari tarixda ilk bor dunyodagi ikkita yirik xalqaro to‘qimachilik federatsiyalari – Xalqaro to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari Federatsiyasi – ITMF va Xalqaro kiyim-kechak Federatsiyasi – IAF ning Qo‘shma konferentsiyasi bo‘lib o‘tadi.
Dunyoning eng go‘zal va qadimiy shaharlaridan biri, tarix va zamonaviylik chorrahasi – Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ushbu olamshumul tadbirda siz oson tarzda ishtirok etishingiz mumkin.
Dunyoning deyarli barcha mamlakatlaridan vizasiz rejim, sentyabr oyidagi yoqimli ob-havo, O‘zbekiston quyoshi ostida pishgan meva va sabzavotlar mavsumi tashrifingiz va konferentsiyadagi ishtirokingizni unutilmas voqeaga aylantiradi.
ITMF va IAFning Qo‘shma konferentsiyasiga ko‘shma ravishda, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi ko‘magida, siz biznes-tashriflar davomida to‘qimachilik va kiyim-kechak ishlab chiqarishlari, ko‘rgazmalarda nafaqat o‘zbek, balki boshqa davlatlar mahsulotlari bilan tanishish, V2V, V2C uchrashuvlarida aloqalarni kengaytirish borasida noyob imkoniyatga ega bo‘lasiz.
Konferentsiyada ishtirok etishga sizni taklif qilamiz! Jahon to‘qimachilik hamjamiyatining bir qismi sifatida, siz to‘qimachilik va kiyim-kechak ishlab chiqarishning global muammolarini hal qilishga hissa qo‘shasiz. Biz sizni kutmoqdamiz!
Konferentsiyada ishtirok etish bo‘yicha savollar uchun Kristian Shindler (Christian.Schindler@itmf.org ) yoki Matteys Kriti (Crietee@iafnet.com ) yoki Shaxzoda Kuchkarova (sh.kuchkarova@uzts.uz) bilan bog‘laning.
Vizasiz rejim 86 mamlakat uchun amal qiladi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




