Gesamtmasche ko‘magida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Germaniyaga tashrifi boshlandi.
Tashrif Myunxbergda Hochschule Hof universitetida bo‘lib o‘tmoqda. U yerda delegatsiya ishtirokchilari to‘qimachilik sanoati mutaxassislarini tayyorlash uchun Germaniya ta’lim tizimi bilan tanishishlari mumkin.
Materialshunoslik instituti (Ifm) mashinasozlik, tizim materiallari, to‘qimachilik texnologiyalari va kompozit materiallar sohalarida yangi mahsulotlar va ishlab chiqarish jarayonlarini ishlab chiqadi. Institut o‘zining yuqori kompetentsiyaligi va 10 davlatdan texnik jihozlari bilan ajralib turgan holda, ishlab chiqilayotgan materiallar bo‘yicha sinovlar o‘tkaziladigan laboratoriyaga ega.
Aksariyat talabalar Qozog‘iston, Chexiya, Bangdadesh va Hindistondan bo‘lib, ingliz tilida o‘qiydilar va birinchi kursdan ish faoliyatini boshlaydilar. O‘qish bepul va shu bilan bir qatorda talabalar uchun semestr 120 yevro taqdim qilinadi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




