O‘zbekiston delegatsiyasining mart oyida Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi boshchiligidagi to‘qimachilik delegatsiyasining biznes missiyasi rejalashtirilgan. Tashrifdan maqsad hamkorlikni yanada mustahkamlash va yaponiyalik investorlar e’tiborini yangi loyihalarga jalb etishdan iborat.
O‘zbekiston vazirlik va idoralari rahbarlari qator uchrashuvlar o‘tkazib, Yaponiya rasmiylari bilan keng ko‘lamli masalalarni muhokama qiladilar. Bundan tashqari, Yaponiyaning yirik kompaniyalarini istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qilishga jalb qilish rejalashtirilgan.
Alohida e’tibor to‘qimachilik sanoatiga qaratilmoqda. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va sohadagi yetakchi kompaniyalar vakillaridan iborat bo‘lgan O‘zbekiston delegatsiyasi yaponiyalik hamkorlar bilan V2V formatida bir qator uchrashuvlar o‘tkazadi. Muhokamaning asosiy mavzulariga yapon ishlab chiqaruvchilari, brendlari va riteylerlari uchun organik paxta ip kalavasi, uy to‘qimachiligi va tayyor trikotaj mahsulotlari eksportini ko‘paytirish kiradi.
Rejalashtirilayotgan O‘zbekiston-Yaponiya biznes-forumi, jumladan to‘qimachilik sohasida ham, yangi istiqbol va imkoniyatlarni taqdim etish, ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va hamkorlikning ushbu muhim sohasini yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun maydon bo‘ladi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




