“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rahbariyati OECDning 10-forumida kiyim-kechak va poyabzal sohasida Due Diligence bo‘yicha so‘zga chiqdi. Unda FLA, programm Better Work va Better Cotton dasturlari, GIZ va Cotton Campaign vakillari ham ishtirok etishdi.
Parijda Forum doirasida “O‘zbekiston paxta va to‘qimachilik klasterlari: Imkoniyatlar va muammolar”mavzusida O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus onlayn-sessiya bo‘lib o‘tdi.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi Ilxom Xaydarov, Fair Labor vakillari Richa Mittal va Nisha Terumalay, GIZ dan Jina Burgard, Better Cotton dan Korin Vud-Djons va Better Work dan Abu Yusef, shuningdek «Cotton Campaign» koalitsiyasidan Raluka Dumetresku O‘zbekiston, jumladan, to‘qimachilik sanoati jadal rivojlanayotganini qayd etdi.
Vebinar ishtirokchilarining fikricha, O‘zbekiston ko‘plab mamlakatlar uchun taraqqiyotning muvaffaqiyatli yorqin namunasidir. Bunda paxta-to‘qimachilik klasterlari ko‘rinishidagi vertikal integratsiyalashgan to‘qimachilik ishlab chiqarishi muhim o‘rin egallaydi.
FLA va Better Cotton vakillari ta’kidlaganidek, bunday tizimning joriy etilishi jahon bozoriga teng huquqli ishtirokchi sifatida chiqish uchun zarur shart bo‘lgan ishlab chiqarishning izlanishi va shaffofligi hamda barqarorligini ta’minlaydi.
Bundan tashqari, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi o‘z nutqida ishlab chiqarishda mehnat va ekologik me’yorlarga sodiqlikka e’tibor qaratib, O‘zbekistonning ijtimoiy mas’uliyatli paxta tashabbusini taqdim etdi.
Tashabbus “oq oltin”ning barcha bebaho fazilatlarni hisobga olgan holda paxtaning qiymati va unga bo‘lgan munosabatni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




