To‘qimachilik sanoati korxonalarini qo‘llab-quvvatlash doirasida 23 fevral kuni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi GIZ bilan hamkorlikda qiziqarli seminar tashkil etdi. Tadbir kompaniyalarni xalqaro yarmarka va ko‘rgazmalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishga tayyorlashga qaratilgan edi.
Seminarning asosiy maqsadi – kompaniya va uning mahsulotlarini samarali reklama qilishning asosiy strategiyalarini yetkazishdir.
O‘zbekistonning 10 dan ortiq kompaniyalari vakillari maqsadli auditoriyani to‘g‘ri tanlash, ko‘rgazmalarda samarali ishtirok etish, ko‘rgazma stendlarini professional tashkil etish, tashrif buyuruvchilar bilan o‘zaro munosabatlar, shuningdek, potentsial xaridor va mijozlar e’tiborini jalb qilish usullari haqida tushuncha oldilar.
Ushbu tadbir ishtirokchilari to‘qimachilik sanoatidagi xalqaro yarmarka va ko‘rgazmalarda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan targ‘ibot strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha qimmatbaho bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




