Shubhasiz, to‘qimachilik sanoati – O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri. Uning imkoniyatlari ish o‘rinlari soni bo‘yicha yetakchilikni kafolatlaydi. Soha faol rivojlanmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan to‘qimachilik mahsulotlari eksportini 5 mlrd. dollarga yetkazish maqsadi qo‘yilgan, tikuv-trikotaj korxonalari quvvatlaridan foydalanish darajasini esa hozirgi 65 foizdan 81 foizga oshirish rejalanmoqda.
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisi Ilhom O‘tkurovich HAYDAROV tahririyatimizning tarmoq rivojlanishiga oid savollariga javob berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10 yanvardagi № 2 sonli farmoniga qo‘shimcha ravishda 04.09.23 yildagi «To‘qimachilik sanoatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmon imzolandi. Ushbu farmonlar ijrosi bo‘yicha kanday ishlarni ijrosi ta’minlanyapti va tez orada amalga oshiriladigan ishlar xususida so‘zlab bersangiz?
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10 yanvardagi № 2 sonli farmoniga qo‘shimcha ravishda 04.09.23 yildagi «To‘qimachilik sanoatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmon imzolandi. Ushbu farmonlar ijrosi bo‘yicha kanday ishlarni ijrosi ta’minlanyapti va tez orada amalga oshiriladigan ishlar xususida so‘zlab bersangiz?
– Prezidentimizning mazkur Farmonlari to‘qimachilikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, uning imzolanishi to‘qimachilik sohasining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini hamda uni jadal rivojlantirish yo‘lidan borilayotganini anglatadi. Mazkur farmon O‘zbekistonni 2027-yilgacha eksport salohiyati 10 mlrd. dollargacha bo‘lgan mintaqaviy to‘qimachilik markaziga aylanishiga asos bo‘ladi.
Shuningdek, gazlama, trikotaj va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarni aylanma mablag‘lar bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida ajratilgan 200 mln. dollardan tarmoqdagi 80 ta korxonani ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishildi, shundan 20 dan ziyod korxonaga banklar tomonidan 30 mln. dollar ajratilishi ma’qullangan, qolganlari tasdiqlash yoki ko‘rib chiqish bosqichida.
Bundan tashqari, qoplama, gilam, bo‘yash-pardoz, tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasidagi 100 mln. dollarlik kreditlar ajratilgan loyihalarni amalga oshirish doirasida, 114 mln. dollarlik 14 loyiha ishlab chiqilib, ularga 10 dan ortiq korxona buyurtma berdi.
Shuningdek, mahalliy korxonalar mahsulotlariga xalqaro sertifikatlar beruvchi xorijiy kompaniya- larning uchta vakolatxonasini tashkil etish punktiga muvofiq Control Union, OEKO TEX, Better Cotton va Better Work vakolatxonalari ishga tushirildi. Shu jumladan Nyurnbergdagi Centrastex savdo uyi va Shtutgartdagi Barqaror paxta uyushmasi, shuningdek, Germaniyada, Ispaniyaning Barselona shahrida savdo uyi ochildi. Dunyoning 10 ta davlatida – Germaniya, Polsha, AQSh, Rossiya, Litva va boshqa davlatlarda tarmoq korxonalarining 60 dan ortiq savdo uylari tashkil etilgan. Shu bilan birga davlat tarmoq korxonalarining savdo uylari va omborlarni ijaraga olish xarajatlarini 100% qoplash orqali, ularni tashkil etishni rag‘batlantirmoqda. Shuningdek, Yevropa, Turkiya, Misr, Marokash, Shimoliy va Janubiy Amerika, Arab Respublikasi, Koreya, Yaponiyaga gazlama, trikotaj mato va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qiluvchilar transport xarajatlarining 70 foizgacha qismi davlat tomonidan qoplanmoqda.
– Biz juda qisqa vaqt ichida majburiy mehnatga butunlay barham berishga va bu hodisa rivojining oldini olishga muvaffaq bo‘lgan yagona davlatmiz. «Paxta boykoti» bekor qilingandan so‘ng tarmoq qanday rivojlanmoqda?
– 2022 yil boshida O‘zbekistonning Xalqaro mehnat tashkiloti, Cotton Campaign xalqaro tashkiloti, huquqni himoya qiluvchi nohukumat guruhlari ittifoqi, kasaba va biznes uyushmalari tomonidan majburiy va bolalar mehnatidan xoli davlat sifatida e’tirof etilishiga osonlikcha erishmadik. Buning uchun ko‘plab muzokaralar olib borilib, tasdiqlangan Yo‘l xaritasiga muvofiq ishlar amalga oshirildi. Cotton Campaign hammuassisi Bennett Friman ma’lum qilishicha, O‘zbekiston majburiy mehnatga barham berish va mamlakat paxta sohasini o‘zgartirish uchun zarur tarixiy islohotlarni amalga oshirdi.
«Paxta boykoti» bekor qilinishi, eng avvalo to‘qimachilik mahsulotlari eksportini bir necha barobar oshirishga olib keldi, mahsulot yetkazib berish zanjirida barqarorlik, kuzatiluvchanlik va shaffoflikka erishildi. Shuningdek, boykotning bekor qilinishi dunyo brendlarni va riteylerlarni O‘zbekistonga jalb etish bo‘yicha harakatlarni kuchaytirishga yangi imkoniyat yaratdi. Hozirda ularning ko‘pchiligi bilan hamkorlikni yo‘lga quyish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Better Cotton va Better Work dasturlarini ishga tushirish O‘zbekiston sanoati uchun muhim voqea bo‘ldi, ularning mamlakatimizdagi faoliyati to‘qimachilik va tikuvchilik sanoati barqarorligi, xalqaro talab va standartlarga muvofiqligi, mahsulotlar sifatidan dalolat beradi.
Uyushma AQSh kiyim-kechak va poyabzal assotsiatsiyasi a’zosi bo‘ldi, BMTning barqaror rivojlanish standartlari bo‘yicha Forumida (UNFSS) ishtirok etdi, shuningdek, O‘zbekiston ilk bor Stokgolmda o‘tgan Global Fashion Summit forumida qatnashdi.
Eng muhimi, to‘qimachilik sohasida amalga oshirilgan islohotlar va «paxta boykoti» bekor qilinishi natijasida mamlakatimizda investorlar uchun jozibali muhit yaratildi. Xususan, 2017–2022 yillarda 3,6 mlrd. dollarlik qariyb 430 yangi loyihani amalga oshirish natijasida jami 95 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi. Bugun sohaga 600 mingga yaqin kishi jalb etilgan.
– Sohaning o‘ziga xosligi shundaki, mamlakatning o‘zida paxta tolasini qayta ishlash quvvatlari 100 foizga yetkazilgan, holbuki, boshqa «to‘qimachilik » davlatlari buni faqat orzu qilishlari mumkin. Bu borada fikringizni bilmoqchi edik.
– O‘tmishda paxta yetishtiruvchi mamlakat sanalgan respublika oldida yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish hisobiga to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishdek dolzarb masala turardi. Bu borada to‘qimachilik sanoatida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar paxta tolasini to‘liq qayta ishlash imkoniyatini ta’minlab, paxtamizni jahon bozoriga xomashyo emas, balki tayyor mahsulot ko‘rinishida olib chiqdi. Bugunga kelib, eng zamonaviy to‘qimachilik uskunalari tufayli tarmoq 1,3 mln. tonna paxta tolasini qayta ishlash salohiyatiga ega, bu paxta eksportchisidan importchisiga aylanganimizdan dalolat. Jumladan, mamlakatimizda ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish – ishlab chiqarilayotgan tola turlarini kengaytirish siyosati olib borilmoqda.
Bunga misol tariqasida yaqinda Buxorodagi «Siyovush tekstil» yirik korxonasida akril ip-kalava ishlab chiqarish loyihasi boshlanganini, uning quvvati mahalliy ishlab chiqaruvchilarning shunday toladan tayyor mahsulotlarga ehtiyojini qondirishini aytishimiz mumkin. Kelgusida ishlab chiqarishni yanada kengaytirib, boshqa mamlakatlarga ham akril ip-kalava eksport qilish imkoni- yatiga ega bo‘lamiz.
Aynan shunday ishlab chiqarish quvvatlari O‘zbekistonni mintaqaviy to‘qimachilik xabiga aylantirish imkonini beradi.
– Paxta-to‘qimachilik klasterlari kutilganidek samarali ishlayaptimi? Amalda mavjud muammolarni sanab o‘tishingiz mumkinmi?
– Klaster tizimiga o‘tish qisqa vaqt ichida qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik sanoatida tub o‘zgarishlar uchun zamin yaratdi. Xususan, paxtachilikda tolani qayta ishlashning o‘zi 2,5 barobar oshib, 100 foizga yetdi, ip- kalava va tayyor mahsulot ishlab chiqarish ham bir necha barobar oshdi, shunga mos ravishda eksport hajmi ham ortib bormoqda. Yuz minglab ish o‘rinlari yaratildi. Jahon bozorida mahsulot yetkazib berish zanjirining barqarorligi va shaffofligiga erishildi. Klasterlarda 3,4 mln. tonnadan ortiq paxta xom ashyosi yetishtirilmoqda, bu mamlakatdagi jami paxta hosilining 90 foizdan ortig‘ini tashkil etadi.
Ayni vaqtda O‘zbekistonning paxta-to‘qimachilik klasteri tizimi tajribasi mamlakatimizdan tashqarida ham keng ma’lum. Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Pokiston va boshqa ko‘plab davlatlar bunday tizimni o‘z mamlakatlarida joriy etishdan manfaatdor ekanini bildirdi, ba’zilar esa klasterlarimiz bilan hamkorlikda ishlamoqda. Masalan, Qozog‘istondagi Global Textile kompaniyasi Global Textile Turkestan loyihasini amalga oshirib, Turkiston viloyatining fermer-paxtakorlari bilan samarali hamkorlik qilmoqda. Tojikistonda «Zelal Tekstil», Qirg‘izistonda «Art Soft» loyihalari amalga oshirilmoqda.
Albatta ta’kidlash kerakki, suv tejaydigan tizimlar, hosilni himoya qilish uchun foydali hasharotlarni ko‘paytirish, yo‘ldosh texnologiyalaridan foydalanish hamda dunyoning yetakchi kompaniyalarining eng yangi uskunalari va zamonaviy laboratoriyalari joriy etilishi, klasterlarda standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar respublikaga xorijiy investitsiyalar va xalqaro brendlarni jalb etishning o‘ziga xos kafolati hisoblanadi.
Har bir yangilik singari, klaster tizimi ham vaqt sinovidan o‘tishi kerak. Erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda, asosan infratuzilma tashkil etish, elektr energiya bilan ta’minlash, professional mutaxassislar va ishchilarga ehtiyoj bilan bog‘liq muammolar ham bor, albatta. Ammo bu muammolarni hal qilish uchun davlat va uyushma tomonidan faol ishlar olib borilmoqda. Xususan, elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolarni hal qilish borasida korxonalarga quyosh batareyalari va kollektorlar o‘rnatish uchun davlat tomonidan subsidiya va imtiyozlar berilmoqda. Soha uchun tegishli kadrlar tayyorlashga kelsak GIZ ko‘magida dual ta’lim tizimi respublika ta’lim tizimiga tatbiq etilmoqda.
– Ma’lumki, uyushma xalqaro miqyosda qizg‘in faoliyat olib bormoqda. Bu xorijiy kompaniya va hamkorlar bilan ko‘plab uchrashuvlar, ikki tomonlama tashriflar, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik, ko‘rgazmalarda ishtirok etish va hokazolar. Hozirda O‘zbekiston jahon miqyosida qanday qabul qilinmoqda?
– Sohada amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar mamlakatni teng huquqli xalqaro ishtirokchi darajasiga olib chiqdi. Shuningdek, bu yil Italiyaning Milan shahrida dunyodagi eng yirik ko‘rgazmalardan biri – to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladigan Xalqaro to‘qimachilik texnologiyalari ko‘rgazmasi (ITMA 2023) bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning ishtirok etishi O‘zbekistonning jahon to‘qimachilik bozorida naqadar tanilganini, ishonchli yetkazib beruvchi sifa- tida muhim o‘rin egallaganini, jahon ishlab chiqaruvchilarining munosabati tubdan o‘zgarganini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, Uyushma va 70 dan ortiq korxonalar 20 ta xalqaro ko‘rgazma va biznes-forumlarda, shu jumladan, Frankfurtdagi Heimtextil, Amsterdamdagi Kingpins Show Amsterdam, Nyu-Yorkdagi Texworld USA, Kopengagendagi Global Fashion Summit ko‘rgazmalarida, Jenevadagi UNECE «Yashil iqtisodiyot» 70-sessiyasida qatnashdi. Bundan tashqari, shu yilning o‘zida uyushma rahbariyati Frantsiya, Singapur, Xitoy, Italiya, Eron, Qozog‘iston, Saudiya Arabistoni, Germaniya, Rossiya, Misr, Koreya kabi davlatlarga 11 davlat tashriflarida ishtirok etdi, ularning yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 507,4 mln. dollarlik 31 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
– Keyingi vaqtda mamlakatimizda suv zaxiralari tanqisligi tahdidi haqida xabarlar ko‘p tarqalmoqda. Bugun bu muammo paxta sanoati doirasida qanday hal etilmoqda?
– Suv muammosi bugun mintaqaviy emas, balki dunyoviy tus oldi. Iqlim o‘zgarishi paxta hosiliga chambar- chas bog‘liq bo‘lgan mamlakatimizning to‘qimachilik sanoatiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Suv tanqisligining salbiy oqibatlarini yumshatish uchun bir qator chora-tadbirlar ma’lum. Sug‘orish tarmoqlarini betonlash, yerlarni lazer bilan rejalash, suvdan samarali foydalanish, sohani to‘liq raqamlashtirish, suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etishni kengaytirish, sug‘orish madaniyatini yuksaltirish shular jumlasidan. O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati dalalarda (ularning maydoni 1 mln. gektardan ortiq) tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etishni, korxonalarda suv tozalash inshootlari, quyosh energiyasi bilan isitiladigan suv kollektorlari o‘rnatishni, shuningdek, tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va bo‘yashda suv tejaydigan texnologiyalardan foydalanishni boshladi.
Khantex, Global Textile, Sardoba Universal Klaster, Mergantex, Agrocluster, Indorama va boshqalar o‘z faoliyatida allaqachon suvni tejash texnologiyalaridan foydalanmoqda.
– Mahalliy mahsulotlarni eksport qilish jug‘rofiyasi kengaymoqda. So‘nggi vaqtlarda qaysi hududlar yangi hamkorlarimizga aylandi?
– Bugungi kunda o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilinadigan mamlakatlar qamrovi 70 dan oshdi, Yevropa, Janubi-Sharqiy Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va AQShning bozorlarini tobora o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar egallab borayotganini ta’kidlash lozim. Bu borada yangi ishbilarmonlik va savdo aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda va logistika yo‘nalishlari ishlab chiqilmoqda.
Ishonch bilan aytish mumkinki, fabrikalarimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning aksariyati Yevropa va AQSh ishlab chiqaruvchilari, brend va riteylerlarining talab va standartlariga javob beradi. Bir qancha jahon ishlab chiqaruvchilari o‘z korxonalarini O‘zbekistonga ko‘chirmoqda. Germaniyaning Teamdress va Langheinrich, Italiyaning Cottonella va Armonie Intime kompaniyalari tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda.
– Kelajakda tarmoqni qanday tasavvur etasiz?
– O‘zimiz uchun rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldik, ularga muvofiq faoliyatimiz- ni davom ettiramiz.
Bu birinchi navbatda, korxonalarni xom ashyo bilan ta’minlash, shu jumladan, mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi va ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulotlar turini kengaytirish va diversifikatsiya qilish orqali iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish.
Ikkinchidan, tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, shuningdek, ichki iste’mol bozori ehtiyojlarini qondirish orqali to‘qimachilik mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish va raqobatbardoshligini mustahkamlash.
Yana bir muhim yo‘nalish – strategik ahamiyatga ega loyihalar bo‘yicha faol investitsiya siyosatini amalga oshirish, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va xorijiy investitsiyalarni ko‘paytirish, erkin bozor mexanizmlarini joriy etish, sog‘lom raqobatni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun shart-sharoit yaratishdir. Yuqoridagi chora-tadbirlarning bajarilishi aholi bandligini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga olib keladi. Bu orqali ijtimoiy masalalar hal qilinadi, to‘qimachilik sanoati uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi tubdan takomillashtiriladi.
Keyingi qadam – «yashil iqtisodiyot» texnologiyalarini, ishlab chiqarishning barcha sohalariga «aylanalilik» tamoyillarini joriy etish, energiya samara- dorligini oshirish va zararli chiqindilarni kamaytirish, zaxiralarni tejash, ishlab chiqarish madaniyatini oshirish kabi ekologik jihatlar hisobiga ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini ta’minlash. Ishlab chiqarish jarayoniga ilg‘or innovatsion va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish ham shu jumlaga kiradi.
Kelajak uchun rejalarimiz ulkan. Ishonchimiz komilki, hukumat, korxonalarimiz va investorlarning birgalikdagi sa’y-harakati bilan maqsadlarimizga erishamiz. Kelajakda nafaqat iqtisodiy foyda keltiradigan, balki ekologik toza, ijtimoiy mas’ul va texnologik ilg‘or sanoatni ko‘rayapmiz. Bu maqsadga erishish, rivojlanish davomiyligi uchun astoydil mehnat qilishga tayyormiz.
– Qiziqarli suhbat uchun tashakkur.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




