Avval habar berganimizdek, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va Gesamtmadche taklifiga binoan Germaniyaning trikotaj buyicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan Hochschule Albstadt-Sigmaringen universiteti vakillari O‘zbekiston bo‘lib, tikuv korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarida mavjud masalalarda ko‘maklashmoqda.
Kuni kecha, “Yustex” korxonasida tashkil etilgan treningda Uztex Group, Haj Textile, Takro Osiyo, Urban Style, Constant Trading, Chirchik Mega Business, Maxmilavi kabi 10 dan oshiq korxona vakillari tayyor mahsulot ishlab chiqarishda tejamkorlik va xarajatlarni qisqartirish, mahsulot yetkazib berish vaqtini optimallashtirish, Poka Yoke printsipi kabi mavzular bo‘yicha qimmatbaho bilimlarga ega bo‘ldilar. Professor Kristian Klyayn korxona vakillarini uchun tikuvdagi yangi metodlar, ularni ishlab chiqarish jarayonlarida to‘g‘ri qo‘llash yuzasidan batafsil tushuntirish berdi.
Trening yuqori ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi va yig‘ilgan korxona texnologlari tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi.
“ToT” dasturining asosiy maqsadi loyiha doirasida 10 ta mahalliy trenerlar tayyorlash va olgan bilimlarini mahalliy korxonalarga yetkazishdir.
Ushbu tadbirni tashkil etishda yaqindan hamkorlik qilgan “Yustex” korxonasi xodimlari va shaxsan korxona rahbari Akmal Yusupovga Uyushma nomidan minnatdorchilik bildiramiz!
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




