7 fevral kuni Hyatt Regency Tashkent “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va Germaniyaning «Textima Export Import GmbH» kompaniyasi o‘rtasidagi samarali hamkorlik natijasida tashkil etilgan Simpoziumda Yevropaning 10 dan ortiq yetakchi to‘qimachilik uskunalari ishlab chiqaruvchilari ishtirok etdi.
Benninger, Brückner, Schmale, Thies va Xetma vakillari o‘z mahsulotlarini taqdim etishdi. O‘z mahsuldorligi va sifati bilan keng tanilgan Yevropa texnologiyalari mahalliy korxonalar vakillarida qiziqish uyg‘otdi va ularga innovatsiyalar va to‘qimachilik texnologiyalari sohasidagi so‘nggi yutuqlar bilan tanishish imkoniyatini berdi.
Bunda, 160 yillik tarixga ega bo‘lgan «Benninger» kompaniyasi vakili Rolf Sheller, zamonaviy nam ishlov berish mashinalari va tizimlari haqida gapirib, ular raqamli texnologiyalar sohasida faol rivojlanib, suv, energiya, kimyoviy moddalar va chiqindilarni kamroq iste’mol qilishni ta’minlaydigan, shuningdek, jarayonning ishonchliligi orttirib borayotgan innovatsion yechimlarni joriy etishlarini ta’kidladilar.
«SCHMALEDURATE» taqdimoti, uy to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan, kesish, tikish va taxlashshning murakkab jarayonlarini avtomatlashtirishni ta’minlaydigan turli xil uskunalar tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Kompaniya vakili Mixael Elzer ta’kidlaganidek: “Uy to‘qimachiligining barcha turlari uchun ishlab chiqarish yechimlarini yetkazib beruvchisi sifatida so‘nggi yillarda biz yotoqxona to‘qimachiligi sektoriga tobora ko‘proq e’tibor qaratib, tegishli to‘liq avtomatik ishlab chiqarish liniyalarini rivojlantirishni rag‘batlantirmoqdamiz. Natijada, biz sizga raqobatbardosh ustunlikni ta’minlaydigan trendni belgilovchi innovatsiyalarga egamiz”.
«Thies Coesfeld»dan nou-xau rivojlanish, maxsus dizayn va aniq ishlab chiqarishdan butun dunyo bo‘ylab o‘rnatish va ishga tushirishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni qamrab oladi. Uning uskunalari ilg‘or texnologiyalar va muhandislik mukammalligining integratsiyasidir. «Thies Coesfeld» ishlab chiqarish liniyasi maksimal samaradorlikni ta’minlaydigan va resurslar, shu jumladan energiya va suv sarfini minimallashtiradigan tarzda ishlab chiqilgan. Bu kompaniya uskunalarini nafaqat o‘z sohasida ilg‘or, balki ekologik jihatdan ham barqaror qiladi. 
Xolger Deglau “Xetma Vollenweider”dan tekstilga so‘ngi ishlovni berish uchun to‘qimachilik mashinalari va uskunalarini namyish etdi. 170 yillik rivojlanish tarixiga ega bo‘lgan ushbu kompaniya butun dunyo bo‘ylab o‘z mijozlariga yangi va an’anaviy texnologiyalarni doimiy optimallashtirish va uzluksiz rivojlantirish natijasi bo‘lgan universal yechimlarini taqdim etadi.
Umuman olganda, 1992 yilda O‘zbekiston bozoriga kirgan va kafolatlangan Yevropa ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qilayotgan «Textima Export Import GmbH» O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatining rivojlanishiga hissa qo‘shganini haqida mahalliy to‘qimachilik va tayyor kiyim-kechak mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi, Gesamtmasche va “Textima” hamkorligida amalga oshiriladigan “Texnologlar maktabi” o‘qitish jihati muhim ahamiyatga ega. Ushbu yagona ta’lim tashabbusi loyihasi ushbu tashkilotlar o‘rtasidagi yaqin hamkorlik natijasidir. Ularning birgalikdagi sa’y-harakatlari to‘qimachilik sanoatida ilg‘or texnologiyalarni muvaffaqiyatli qo‘llay oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlashning barqaror va samarali tizimini yaratishga qaratilgan.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




