Milliy brendlarimiz jahon bozorini zabt etishda davom etmoqda.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi ko‘magida O‘zbekistonning mashhur erkaklar kostyumlari va ustki kiyim ishlab chiqaruvchi “Fazman Tekstil” MCHJ «FAZMAN» brendi ostida nufuzli «Texworld Evolution Paris 2024» xalqaro ko‘rgazmasida o‘z mahsulotlarini taqdim etadi. U «Texworld», «Texworld Denim», «Apparel Sourcing», «Avantex» va «Leatherworld» bo‘limlarini o‘z ichiga olgan.
Ushbu tashabbus o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini jahon miqyosida ommalashtirishga va O‘zbekistondagi GSP+ doirasida tekstil eksporti o‘sishiga yordam beradi.
Ko‘rgazma shu yilning 5-8 fevral kunlari Parijda bo‘lib o‘tadi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




