O‘zbekiston Respublikasi Rahbarining Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida ikki davlat iqtisodiyotining asosiy sohalaridan biri bo‘lgan to‘qimachilik sanoati masalalariga alohida urg‘u berilmoqda.
Urumchi shahrida Samarqand viloyati hokimi va Shenchjen ishlab chiqarish qurilish korpusi vakillari o‘rtasida uchrashuvda “O‘zto‘qimachiliksanoat” rahbariyati ham qatnashdi va davlatimizda islohotlar natijasida yaratilgan investitsiyaviy muhit haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, Xitoy va O‘zbekiston to‘qimachiligi sohasida o‘rnatilgan keng qamrovli aloqalar yangicha yondashuv asosida davom etilishi ta’kidlandi va xitoylik investorlarning Samarqand viloyatida paxtadan tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayoniga katta qiziqishi alohida qayd etildi.
O‘z o‘rnida, Shenchjen ishlab chiqarish qurilish korpusi rahbari to‘qimachilik sohasiga oid qator ishlab chiqilayotgan yangi loyihalar doirasida mutaxassilar tayyorlanishiga alohida e’tibor qaratdi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




