Wildberries – O‘zbekiston bozoriga 2022 yilda kirib kelgan yetakchi onlayn bozor hisoblanadi.
Wildberries O‘zbekistonda ilk bor tadbirkorlar, sotuvchilar va mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar uchun yuzma-yuz o‘quv seminarlarini boshlamoqda. Mutaxassislarimiz Wildberries platformasida ro‘yxatdan o‘tishdan to moliyaviy boshqaruvgacha biznes va savdoni qanday muvaffaqiyatli rivojlantirish bo‘yicha amaliy tajriba bilan o‘rtoqlashadi va o‘z biznesini onlayn savdoda boshlash istagida bo‘lganlarga yordam beradi.
O‘quv jarayoni davomiyligi: bir yarim akademik soatlik 3 ta mashg‘ulot.
Kurs dasturida:
• Wildberries platformasida ro‘yxatdan o‘tish
• Shaxsiy kabinetingiz bilan ishlash
• Mahsulot kartalarini yaratish
• Samarali savdo asoslari
• Mahsulotlarni reklama qilish
• Yukni rasmiylashtirish
• Tahlil va hisobot vositalari
O‘qish bepul. Mashg‘ulotlar sanasi va vaqti ro‘yxatdan o‘tgan har bir ishtirokchi bilan telefon orqali kelishib olinadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.gle/GdKHv34Pwx6DtppG6
O‘qitish rus va o‘zbek tilda amalga oshiriladi
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




