Soha korxonalari diqqatiga!
Liderlar qatorida bo‘ling
2024 yil 2-3-may kunlari Chexiyaning Praga shahrida to‘qimachilik xizmatlari sohasida muhim voqea – ETSA Congress 2024ning 30 yilligi bo‘lib o‘tadi.
ETSA (Yevropa to‘qimachilik xizmatlari assotsiatsiyasi) manfaatdor tomonlarni birlashtirgan to‘qimachilik xizmatlari sanoatining chempionlar ligasi hisoblanadi.
U sizni nima bilan qiziqtirishi mumkin?
Sanoat liderlari va mutaxassislari bu yerda yig‘ilib, sanoatning barqaror, yashil va raqamli iqtisodiyotni shakllantirishdagi hal qiluvchi o‘rnini muhokama qiladilar.
Kongressda ishtirok etish orqali siz to‘qimachilik xizmatlari sohasidagi muammolar va yutuqlar haqida chuqur muhokamalar guvohi bo‘lishingiz, Yevropa Ittifoqining Yashil kelishuvi va iqlim shartnomasi va ularning sohaga ta’siri haqida tasavvurga ega bo‘lishingiz, sanoat yetakchilari, innovatorlar va hamkasblar bilan suhbut qurishingiz mumkin bo‘ladi.
Batafsil https://www.textile-services.eu/ havola orqali tanishingiz mumkin.
Ishtirok bo‘yicha savollaringiz yuzasidan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga murojaat qiling +998 71 202 22 44 (123), https://t.me/K1islombek – Islom Karimov
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




