20 ta o‘zbek to‘qimachilik kompaniyalari ilk bor Vyetnamdagi to‘qimachilik va kiyim-kechak sanoatining eng yirik va nufuzli tadbiri – Saigon Fabric 2024 ko‘rgazmasida o‘z mahsulotlarini namoyish etadi. Ko‘rgazma Xoshimin shahrida 10-13 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda 28 800 dan ortiq bayer kompaniyalari va 60 000 mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rahbarligidagi kompaniyalari xorijiy kompaniya va tashkilotlar vakillari bilan V2V uchrashuvlar o‘tkazadi, vyetnamlik hamkasblari bilan ishlab chiqarish jarayonlari hamda ikki mamlakat mutaxassislarining sanoat korxonalariga o‘zaro tashriflarini tashkil etish bo‘yicha tajriba almashadi.
Ko‘rgazma Vyetnam to‘qimachilik va tikuvchilik assotsiatsiyasi ((VITAS), Vyetnam Milliy to‘qimachilik va tikuvchilik guruhi ((VITAS), Vyetnamskoy natsionalnoy tekstilno-shveynoy gruppi (VINATEX) va HCMC (AGTEK) ko‘magida 1991 yildan beri tashkil etib kelinmoqda.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




