Xitoy yiliga 250 milliard dollardan ortiq eksportga ega dunyo to‘qimachilik mahsulotlarining «o‘chog‘i» bo‘lib, o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarining asosiy iste’molchisi bo‘lib qolmoqda. Xitoy kompaniyalari O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida faol sarmoya va savdo faoliyatini amlasha oshirmoqda.
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida to‘qimachilik sohasidagi hamkorlikni kengaytirish doirasida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Xitoyning ikkita yirik davlat kompaniyasi – “Xiamen Itg Group Corp., Ltd” i “Xinjiang Yinlong International Agricultural Cooperation Co. Ltd” kompaniyalarining taniqli vakillari bilan muvaffaqiyatli uchrashuv o‘tkazdi. 13 va 14 yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan ushbu xodisa o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.
Uchrashuvlarning asosiy jihati Xitoyga ip-kalava eksportini ko‘paytirish va mutaxassislarni jalb qilish orqali respublika korxonalarida ishlab chiqarishni optimallashtirishda Xitoy tajribasidan foydalanish imkoniyatlari to‘g‘risida kelishuv bo‘ldi.
Shuningdek, «Xiamen ITG» vakili Jao Chjangtao bilan uchrashuvda tomonlar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi ko‘magida O‘zbekistonda 10 million dollarlik yigiruv ishlab chiqarishni sotib olish loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar. «Xinjiang Yinlong» raisi Fin Gang bilan uchrashuvda, jumladan, O‘zbekistonda paxta yetishtirish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Xitoy gigantlari bilan strategik hamkorlik – 40 milliard AQSh dollardan ortiq aylanmasiga ega “Xiamen ITG Holding Group” hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining savdo va distributsiyasi sohasidagi “Xinjiang Yinlong International Agricultural Cooperation Co. Ltd.” kompaniyasi O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatini sezilarli darajada rivojlantirishna imkon yaratadi. Ushbu qadamlar ikki mamlakat uchun to‘qimachilik sohasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlash va imkoniyatlarni kengaytirish istagini aks ettiradi.
uzts.uz veb-saytidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tirajlash, tarqatish va boshqa tarzda foydalanish faqat uyushma veb-saytiga havola orqali amalga oshirilishi mumkin
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT




